ICTExpo 2015 ko‘rgazmasida mobil ilovani yuklab olganlarga Beeline sovg‘alar taqdim etmoqda

ICTExpo 2015 ko‘rgazmasida mobil ilovani  yuklab olganlarga Beeline sovg‘alar taqdim etmoqda
ICTExpo 2015 ko‘rgazmasida mobil ilovani  yuklab olganlarga Beeline sovg‘alar taqdim etmoqda

Beeline ICTExpo 2015 axborot-kommunikasiya texnologiyalari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishga taklif etadi. Kompaniya stendiga tashrif buyurib, Beeline Uzbekistan ilovasini yuklab olgan har bir abonentni kafolatli sovg‘alar kutmoqda.

ICTExpo 2015 ko‘rgazmasi 15 sentyabrdan 17 sentyabrga qadar UzEkspoMarkazning ikkinchi pavilonida bo‘lib o‘tadi. Beeline stendi “Smartfonlar uchun eng yaxshi operator” shiori ostida ishlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Beeline Uzbekistan bepul ilovasini Google Play va AppStore‘dan yuklab olish mumkin. Bu qulay ilova yordamida kompaniya abonentlari telefon orqali mustaqil ravishda barcha komanda va xizmatlardan (shu bilan birga chegirmali) foydalanishlari mumkin, tarif rejasi va balansni bilish, asosiy xizmatlarni yoqish va o‘chirish, shuningdek kompaniya yangiliklaridan boxabar bo‘lish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.