Samsung Galaxy S6 Edge yilning eng yaxshi smartfoni deb tan olindi

Samsung Galaxy S6 Edge yilning eng yaxshi smartfoni deb tan olindi
Samsung Galaxy S6 Edge yilning eng yaxshi smartfoni deb tan olindi

T3 texnologiyalar ko‘rgazmasi doirasida Samsung Galaxy S6 Edge smartfoni “yil smartfoni” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Sky News\'ga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Samsung qurilmasi iPhone 6, Sony Xperia Z3 Compact, LG\'s G4 va the HTC One M9 o‘rtasidagi keskin raqobatda g‘olib chiqa oldi. Ayni paytda, Apple kompaniyasi mazkur ko‘rgazmada birdaniga 4ta mukofotni qo‘lga kiritdi.

Yilning eng yaxshi gadjeti va eng yaxshi taqib yuriluvchi qurilmasi mukofotlari Apple Watch “aqlli” soatiga nasib etdi. iPad Air 2 esa “Yilning eng yaxshi plansheti” mukofotini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Apple yil brendi deb topildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.