Google Translate servisida qirg‘iz tili paydo bo‘ladi


Qirg‘izistonda qirg‘iz tilini Google Translate servisiga kiritish maqsadida so‘z va iboralarni tarjima qilish bo‘yicha 2 kunlik marafon e’lon qilindi.
Bu haqda “Bizning meros” jamoat fondi direktori va “Qirg‘iz vikipediyachilari harakati” loyihasi rahbari Chorobek Saadanbekovga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar berdi. “Qirg‘izistonda 22-23 sentyabr kunlari qirg‘iz tilini Google Translate servisiga kiritish maqsadida so‘z va iboralarni tarjima qilish bo‘yicha marafon bo‘lib o‘tadi.
Bu tadbirning maqsadi 26 ming tarjima va tarjima baholarini amalga oshirishdir”, – ta’kidladi Ch.Saadanbekov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, eng katta hissa qo‘shgan dastlabki uch kishi bosh vazir tomonidan mukofotlanadi. G‘oliblar Google kompaniyasi statistikasiga ko‘ra aniqlanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













