iPhone 8 ishtirokida ilk favqulodda holat yuz berdi

iPhone 8 ishtirokida ilk favqulodda holat yuz berdi
iPhone 8 ayni kunda smartfon bozorida diqqat-e’tiborda bo‘lib turgan mobil aloqa vositalaridan biri. Bu flagmandan suhbat chog‘ida eshitilayotgan shovqindan ommaviy shikoyat kelib tushgach, Apple bu nosozlikni tez orada bartaraf qilishga va’da berdi.
iPhone 8 иштирокида илк фавқулодда ҳолат юз берди
Biroq, yangi ayfon bilan bog‘liq bundan ham jiddiyroq muammo kelib chiqish ehtimoli paydo bo‘ldi. Tayvanlik ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishlaricha, bu yerda iPhone 8 Plus flagmani quvvat olayotganida o‘z-o‘zidan portlab ketgan. Suratlardan ham gadjetning jiddiy zarar ko‘rganini ko‘rish mumkin.
iPhone 8 ishtirokida ilk favqulodda holat yuz berdi
«Portlovchi» qurilma

OAV xabarlariga ko‘ra, Taychjun-Siti shaharchasida istiqomat qiladigan Vu ismli ayol bir necha kun avval 64 gigabaytli iPhone 8 Plus xarid qilgan. Smartfondan foydalanishning uchinchi kunida ayfon quvvat olish vaqtida portlab ketgan.

Foydalanuvchi ayfonni quvvatlantirishga qo‘yayotganida uning quvvat darajasi 70 foiz bo‘lgan. Oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas smartfon portlagan va orqa panel korpusdan ajralib chiqqan. Jabrlanuvchi ayfonning quvvatlash qurilmasi original bo‘lganini alohida qayd etgan.
iPhone 8 ishtirokida ilk favqulodda holat yuz berdi
Ayolning ma’lum qilishicha, u Apple\'ning iPhone 4 modelidan tortib barcha smartfonlaridan foydalangan va shu vaqtgacha bunaqa favqulodda holatga duch kelmagan. Qayd etilishicha, portlab ketgan iPhone 8 Plus o‘rganish uchun zavodga yuborilgan.

Manba: «Terabayt.uz»
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.