Oldinda iPhone X Plus taqdimoti ham kutilmoqda

Oldinda iPhone X Plus taqdimoti ham kutilmoqda
iPhone X hali bozorga chiqib ulgurmasidan ba’zi bir qiziquvchan ekspertlar \"Olma\"ning keyingi flagmaniga oid ma’lumotlarni tarqatishmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple ayni paytda 6,4 dyuymli romsiz iPhone ustida ishlamoqda va tarmoqda «iPhone X Plus» nomli bu gadjetning ilk suratlari ham tarqalmoqda.
Oldinda iPhone X Plus taqdimoti ham kutilmoqda
Qancha katta bo‘lsa — shuncha yaxshi!

Shu vaqtga qadar tarqalgan render suratlarga ko‘ra, 6,4 dyuymli iPhone X Plus\'ning old paneli deyarli ekrandan iborat, shuningdek uning \"qoshi\"dagi o‘sha mashhur \"orolcha\" saqlanib qolgan. 5,8 dyuymli iPhone X bilan taqqoslaganda, ekran hamda smartfon hajmi sezilarli ravishda kattalashgan.
Oldinda iPhone X Plus taqdimoti ham kutilmoqda
2018 yilda bizni qanday iPhone kutmoqda?

O‘tgan oydayoq Apple\'ning 2018 yilda birato‘la 2 ta romsiz dizayndagi smartfon taqdim qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqalgan edi. Ulardan birining ekrani 5,28 dyuymli, boshqasi 6 dyuymdan kattaroq bo‘lishi aytilgan edi.

Insayderlarning yozishlaricha, iPhone X Plus kutilganiden ertaroq bozorga chiqariladi. Ehtimol, u 2018 yilning bahorida bo‘lib o‘tadigan an’anaviy taqdimotda namoyish qilinadi. Texnik jihatdan bu flagman \"ajdodi\"dan u qadar katta farq qilmaydi.

Manba: Terabayt.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.