1 soniyada 100 milliard kadrni suratga oladigan kamera yaratildi

1 soniyada 100 milliard kadrni suratga oladigan kamera yaratildi
1 soniyada 100 milliard kadrni suratga oladigan kamera yaratildi

Sent-Luisdagi Vashington universitetida bir guruh olimlar dunyodagi eng tezkor kamerani yaratishdi. 2D-qurilma bir soniyada 100 milliard kadrni suratga olishga qodir, Bu haqida «lookatme.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar bermoqda.
Mutaxassislar maxsus ob’ektiv tufayli shunday samaraga erishishdi. Ob’ektivda millionta oynadan iborat to‘r yaratilgan bo‘lib, har bir oynaning o‘lchami 50 kvadrat mikrondan oshmaydi.
Tezligi o‘ta yuqori kamerani yaratgan olimlarning aytishicha, uning yordamida “yorug‘lik harakatini ko‘rish” mumkin. Qurilma kimyoviy reaksiyalar va biomolekulalar dinamikasini o‘rganishda asqotishi mumkin. Bu kamera ixtiro qilingunga qadar, suratga olish tezligi soniyasiga bir necha o‘n million kadrga teng edi.

Foto: teenbook-ekt.livejournal.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.