Samsung yangi telefonni taqdim etdi (Foto)

Samsung yangi telefonni taqdim etdi (Foto)
Samsung W2018 buklama telefonni taqdim etdi, u savdolarga IPhone X’dan ham qimmatroq narxda chiqariladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, \"buklamalar\" deyarli tarixga aylandi, biroq kompaniya bunga qo‘shilishni istamayapti hamda eskirgan shaklni zamonaviy xususiyatlar bilan to‘ldirish harakatida.
Samsung yangi telefonni taqdim etdi (Foto)
Xususan, ishlab chiqaruvchilar gadjetni Full HD kenglikka ega ikkita displey bilan jihozlashdi. Shu bilan birga, asosiy kamera 12 megapikselga ega, frontal esa – besh megapiksel. Biroq, maqola muallifining ta’kidlashicha, smartfonning eng kuchsiz tomoniga dasturiy ta’minot bilan bog‘liq muammolar aylanishi mumkin.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, W2018 boshida Xitoyda “hayratlanarli” narxda sotiladi – 2400 dollar. Bu IPhone’ning eng qimmat modelidan ham taxminan bir yarim barobarga ko‘proq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.