Telegram iOS-smartfonlar uchun muqobil versiyasini ishlab chiqardi — Telegram X

Telegram iOS-smartfonlar uchun muqobil versiyasini ishlab chiqardi — Telegram X
Telegram messenjeri jamoasi iOS bazasidagi smartfonlar uchun Telegram X muqobil ilovasini ishlab chiqardi. Yangilanishlar orasida — to‘q rangli mavzu, Swift\'ga ko‘chirilgan manba kodi va energosamaradorlik.
Telegram iOS-смартфонлар учун муқобил версиясини ишлаб чиқарди — Telegram X
App Store do‘koni asoschisi haqidagi ma’lumot ilova haqiqatda ham Telegram jamoasi tomonidan ishlab chiqilganidan dalolat bermoqda. Ilova Telegram Messenger LLP kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan — xuddi shu kompaniya messenjerning desktop versiyasini App Store\'da, Android uchun ilova versiyasini esa Google Play\'da taqdim etadi.

Bloger Ilya Kazakov messenjerning qo‘llab-quvvatlash markazi bilan yozishmalarning skrinshotini taqdim etdi, unda yangi ilovaning rasmiy maqomi tasdiqlangan.
Telegram iOS-smartfonlar uchun muqobil versiyasini ishlab chiqardi — Telegram X
Ilova App Store\'da xuddi shunday ID bilan do‘konda taqdim etilgan Telegram HD nomi ostidagi iPad uchun mijoz o‘rnini egalladi.

Yangi ilova iPhone va iPad\'da ishlaydi. Tavsifda Telegram X ishlab chiquvchilari uning to‘liq Swift dasturlash tilida yozilganini, messenjer uchun to‘q rangli mavzuni o‘rnatish imkonini berishini va asosiy versiyadan tezroq ishlashini ta’kidlashmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.