Xitoyda Apple himoyasini buzib, iPhone 6'ga qo‘shimcha xotira o‘rnatish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Xitoyda Apple himoyasini buzib, iPhone 6'ga qo‘shimcha xotira o‘rnatish xizmati yo‘lga qo‘yildi
Xitoyda Apple himoyasini buzib, iPhone 6'ga qo‘shimcha xotira o‘rnatish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Xitoydagi bir nechta do‘konlar qo‘shimcha to‘lov evaziga iPhone 6 foydalanuvchilariga ularning smartfonlari xotirasini kengaytirib berishni taklif qilmoqda. Bu haqda SlashGear\'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

128 GB xotira o‘rnatish 92 dollarni tashkil qilsa, 64 GB xotira o‘rnatish esa 71 dollarga teng.

Ushbu xizmat bir qarashda oddiy tuyulsa-da, aslida juda murakkab jarayon hisoblanadi. Sababi Apple bunday holatlar uchun maxsus himoya ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, smartfon xotira moduli seriya raqami hamda unga o‘rnatilgan dasturning to‘g‘ri ekanini tekshiradi.

Hozirda ushbu xizmat faqatgina iPhone 6 smartfoniga ko‘rsatilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.