Apple rahbari shaxsiy kompyuterlarning davri tugaganligini e’lon qildi

Apple rahbari shaxsiy kompyuterlarning davri tugaganligini e’lon qildi
Apple rahbari shaxsiy kompyuterlarning davri tugaganligini e’lon qildi

Apple bosh direktori Tim Kuk hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlarga ehtiyoj yo‘qolganligini ma’lum qildi. Bu haqda The Telegraph\'ga asoslanib Daryo nashri xabar berdi.

“Shaxsiy kompyuterlarga qaraganingizda bir savol paydo bo‘ladi: hali ham uni sotib olishga zarurat bormi?” — deydi Kuk.

Uning fikriga ko‘ra, shaxsiy kompyuter va noutbuklarning o‘rnini iPadPro kabi planshetlar egallamoqda. Odamlar undan foydalana boshlaganda, “ularga boshqa hech narsa kerak bo‘lmasligi haqidagi xulosaga keladi”, deb hisoblaydi Apple rahbari.

O‘lchami planshetnikiga yaqinlashayotgan smartfonlar haqida so‘z yuritib, Kuk shuni ta’kidlaydi: “Agar sizning katta smartfoningiz bo‘lsa, unda sizga iPad mini’ga ehtiyoj bo‘lmaydi deb o‘ylayman”.

Apple bosh direktori kompaniya sog‘liqni saqlash sohasida biror dastur yaratish haqida o‘ylayotganligini ma’lum qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.