Xurrak otishning davosi topildi!

Xurrak otishning davosi topildi!
Xitoyning «VVFLY Electronics» kompaniyasi xurrak otishdan aziyat chekuvchi insonlar uchun noodatiy «Snore Circle» gadjetini taqdim etdi. U oddiy niqob ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, uyqu vaqtida ko‘zga taqib olinadi.

Kraudfanding platformasida ushbu qurilmani ishlab chiqarish uchun so‘ralgan mablag‘ hozirning o‘zida 874 foiz miqdorida yig‘ildi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

«Snore Circle» ushbu kompaniyaning shu turdagi to‘rtinchi qurilmasi hisoblanadi. To‘g‘risini aytganda, ular bundan avval «Bluetooth-garnitura»ni eslatuvchi simsiz naushnikni taklif etgandi. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, xurrakka qarshi niqobdan foydalanish ancha qulay va samarali. Undan foydalanish uchun niqobni shunchaki ko‘zga taqqan holda quvvat tugmasini bosish kifoya: sokin uyquga kafolat beriladi.
Xurrak otishning davosi topildi!
Niqob odamning xurragini yuqori aniqlikda payqashga qodir datchiklar bilan jihozlangan. Foydalanuvchi xurrak otishni boshlaganida qurilma darhol 36 kuch darajasida tebranib, inson miyasiga signal yuboradi. Natijada u xurrak otishdan to‘xtaydi.
Xurrak otishning davosi topildi!
Niqobdagi barcha ma’lumotlar smartfondagi mobil dasturga yuboriladi va u orqali foydalanuvchining uyqusi haqida batafsil ma’lumot to‘planadi.

«Snore Circle»ni xorij onlayn do‘konlaridan 69 dollar evaziga buyurtma qilish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.