Dubayda avtomatlashtirilgan havo taksisi paydo bo‘ladi

Dubayda avtomatlashtirilgan havo taksisi paydo bo‘ladi
Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik shaharlaridan biri Dubayda avtomatlashtirilgan havo taksisi paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, transportning yangi turi loyihasi mintaqada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon hukumat sammiti davomida taqdim etildi.

Agentlik xabariga ko‘ra, Dubay Yo‘llar va transport bo‘yicha boshqarmasi loyiha tashabbuskori bo‘lgan, u Germaniyaning Volocopter kompaniyasini g‘oyani amalga oshirish uchun taklif etdi.

«Havo taksisi xavfsizlik va ishonchning yuqori standartlariga javob beradi. Parvoz avtopilot yordamida bajariladi, u GPS-navigator asosida maxsus yo‘nalishlarni dasturlash tizimi yordamida harakatga keladi», - deya ma’lum qilishgan boshqarma vakillari. Ularning ta’kidlashicha, harakat ustidan nazorat qo‘shimcha tarzda operator tomonidan ham amalga oshiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.