Toshkentda dunyodagi eng ingichka planshet — Samsung Galaxy Tab S2 3 mln so‘mdan sotila boshladi

Toshkentda dunyodagi eng ingichka planshet — Samsung Galaxy Tab S2 3 mln so‘mdan sotila boshladi
O‘zbekistonda ayni paytda dunyodagi eng ingichka planshet — Samsung Galaxy Tab S2 sotuvga chiqdi, deya xabar bermoqda «Mobinfo.uz». 2015 yil yozida ikki xil versiyada taqdim etilgan qurilmaning qalinligi bor-yo‘g‘i 5,6 millimetrni tashkil etadi.
Тошкентда дунёдаги энг ингичка планшет — Samsung Galaxy Tab S2 3 млн сўмдан сотила бошлади
Galaxy Tab S2 9.7 va Galaxy Tab S2 8.0 tegishli ravishda 9,7 va 8 dyuymli hamda 2048×1536 pikselli displeylarga ega. Shuningdek, ular sakkiz yadroli firma protsessori, 3 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira (+microSD), 8 megapikselli asosiy va 2,1 megapikselli old kamera bilan jihozlangan.

Galaxy Tab S2 9.7 169×237×5,6 mm, Galaxy Tab S2 8.0 esa 134,8×198,6×5,6 mm o‘lchamlarga ega.

Toshkentdagi mobil texnika bozorlarida Galaxy Tab S2 (9,7 dyuymlisi) taxminan 3 million so‘mga taklif qilinmoqda.

Qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga «Zamin» nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.

Manba: Daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.