Toshkentda quriladigan biznes-aviatsiya aeroporti uchun 140 mln dollar ajratiladi

Toshkentda quriladigan biznes-aviatsiya aeroporti uchun 140 mln dollar ajratiladi
Toshkent shahrida biznes-aviatsiya aeroporti qurilishiga 140 million dollar yo‘naltiriladi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

2018—2020 yillarda soatiga 250 kishiga xizmat qiladigan yo‘lovchi terminali quriladi, uchish-qo‘nish maydoni ta’mirlanadi, parvozlar radiotexnik ta’minoti va aerodrom faoliyati uchun zarur xizmatlar ishga tushiriladi.

Bu ishlarning qiymati 140 million dollar baholanmoqda. Moliyalashtirish xorijiy moliya institutlari kreditlari va loyiha buyurtmachisi — «O‘zbekiston temir yo‘llari» mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.

Keyinchalik aeroportda qo‘shimcha bino va inshootlar, jumladan, mehmonxona quriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Toshkent-Sharqiy aerodromi» va «Toshkent mexanika zavodi» (sobiq TAPOiCh) hududining bir qismi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga berilgani bildirilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.