InSight missiyasi Marsga parvoz qildi

InSight missiyasi Marsga parvoz qildi
AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Vandenberg kosmodromidan Toshkent vaqti bilan soat 16:05da Marsni tadqiq etishga mo‘ljallangan InSight zondiga ega Atlas V raketasi parvoz qildi. Parvoz jarayoni NASA tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

InSight apparati – Mars ichki qatlamlarini tadqiq etish bo‘yicha birinchi missiya. Zond sayyorada ichki jinslar va meteoritlar zarbalari harakatini o‘lchash uchun seysmograf o‘rnatadi. Shuningdek, burg‘ilash ishlarini amalga oshiradi va turli tajribalarni o‘tkazadi. Bu olimlarga Qizil sayyora shakllanishi hamda rivojlanishi haqida ko‘proq bilib olish imkonini beradi.
InSight missiyasi Marsga parvoz qildi
Qurilma sayyoralar nomiga ega mikrochiplar bilan jihozlangan. Marsga zond noyabr oyida yetib kelishi rejalashtirilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.