2015 yilda O‘zbekistonning 90 foiz aholisi raqamli televideniedan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi


2015 yilda O‘zbekistonning 90 foiz aholisini raqamli televidenie bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Uzbekistan Today” nashri xabar bermoqda.
2014 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 54 foizi raqamli televidenie bilan qamrab olingan. Hozirda Toshkent shahridan tashqari, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonning ko‘plab tumanlarida raqamli televidenieni tomosha qilish mumkin.
2015-2017 yillarga mo‘ljallangan va aholining 90 foizini raqamli televidenie bilan qamrab olish imkonini beradigan raqamli teleko‘rsatuvlarga texnik-texnologik o‘tish bo‘yicha davlat dasturi esa 2 bosqichda amalga oshiriladi.
Dasturning birinchi bosqichi 2015-2016 yillarga, ikkinchi bosqichi esa 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, birinchi bosqich oxirigacha 84ta uzatgich o‘rnatiladi.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













