OAV Rossiya va AQSH suv osti kemalarini taqqosladi (foto)

OAV Rossiya va AQSH suv osti kemalarini taqqosladi (foto)
“Severodvinsk” K-560 /Foto: Wikipedia
The National Interes jurnali Rossiyaning “Severodvinsk” K-560 atom suv osti kemasining Amerikaga qarashli “Virjiniya” Block III yangi turdagi suv osti kemasi bilan jangdagi imkoniyatlarini baholadi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, “Severodvinsk” o‘z raqibidan sekinroq bo‘lishi mumkin, biroq unga qaraganda ancha chuqurroq masofaga sho‘ng‘iy oladi. Shu bilan birga, har ikki submarina qurollanish jihatidan deyarli tengdir.

Ta’kidlanishicha, Amerikaning yangi “Virjiniya”si juda kuchli gidrolokatsiya tizimiga ega va sokinroq suzadi. O‘z navbatida, “Severodvinsk”da “Klab-K” (Club- K) qayiqlarga qarshi raketa komplekslari o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida raqibga torpedalar bilan tezkor zarba berish mumkin.
OAV Rossiya va AQSH suv osti kemalarini taqqosladi (foto)
“Virjiniya” Block III/Foto: Wikipedia
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV NATOning “qo‘rqinchli tushi” haqida ma’lum qilgandi.


"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.