Oppo bir yo‘la uchta buklama smartfonga patent oldi

Oppo bir yo‘la uchta buklama smartfonga patent oldi
Oppo kompaniyasi buklama smartfonlarini chiqarishga tayyorlanmoqda, ular uch ko‘rinishda bo‘ladi. Ayni paytda tarmoqlarda Oppo kompaniyasining bir yo‘la uch xil buklama smartfoniga olingan uchta patenti paydo bo‘ldi.

Birinchi varianti ekran uchun havo “xavfsizlik yostig‘i” bilan bo‘ladi. U smartfon buklanganda, maxusus kameralarga havo yig‘ilib, displeyni zarar ko‘rishdan himoya qiladi.
Oppo bir yo‘la uchta buklama smartfonga patent oldi
Ikkinchi patent qurilmaning bir yo‘la uchta ekrani borligidan guvohlik bermoqda: ikkita asosiy va bitta qo‘shimcha bo‘ladi. Taxlangan holatda bitta displey panelning ustki tomonida bo‘ladi, ikkinchisi orqa tomonda, agar uni ochsangiz uchunchi ekran ham “yoyilib”, qarshingizda namoyon bo‘ladi. Natijada qurilma taxlangan gadjetdan uch barobar katta rasmerdagi haqiqiy planshetga aylanadi.
Oppo bir yo‘la uchta buklama smartfonga patent oldi
Nihoyat, Oppo’ning uchunchi ishlanmasi Samsung’ning avvalgi g‘oyalarini eslatib yuboradi. Bu, sharnir va egiluvchan yostiqcha yordamida ikki bukiladigan bitta katta ekrandan iborat bo‘ladi.
Oppo bir yo‘la uchta buklama smartfonga patent oldi
Bularning barchasi hozircha patent, Oppo o‘zining kelgusida chiqarayotgan buklama smartfoniga qaysi dizaynni tanlashini esa, vaqt ko‘rsatadi.

Manba: Terabayt.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.