Milliarderlar uchun yangi "Ayfon" smartfonlari

Milliarderlar uchun yangi "Ayfon" smartfonlari
Britaniyadagi «Goldgenie» kompaniyasi o‘zining «iPhone XS» maxsus smartfonlarini ishlab chiqdi. Shubhasiz, bu smartfonlar oddiy fuqarolar emas, aksincha, milliarderlar uchun mo‘ljallab ishlab chiqilgan.

Sababi, smartfon korpusi sof oltindan yasalgan. Orqa tarafiga «Apple» logotipi joylashtirilgan. Ajablanarlisi, bu kompaniya smartfonlari haqiqiy «Apple» kompaniyasiga umuman aloqador emas. Britaniyalik tadbirkorlarning o‘zlari shuni xohlashibdi va yangilik yaratishibdi.

Smartfonlarning xotirasi 256 GB ni tashkil etadi. Bahosi esa… Ha, hamma gap narxida. «iPhone XS» smartfonlari bahosi 113 000 dollar miqdorida belgilangan. Bu odatiy «Ayfon»dan 100 barobar qimmat demakdir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.