Toshkentda bepul Wi-Fi tizimi paydo bo‘ladi

Toshkentda bepul Wi-Fi tizimi paydo bo‘ladi
Yaqin orada Toshkentda bepul Wi-Fi tizimi paydo bo‘ladi. Toshkent hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, IT kompaniya hokimiyatning turizmni rivojlantirish departamenti va Jamoatchilik kengashi ko‘magida Sayilgoh ko‘chasida bepul Wi-Fi o‘rnatadi. Bu haqda Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Agar tajriba muvaffaqiyatli chiqsa, unda bepul Wi-Fi poytaxtning qolgan gavjum hududlarida ham paydo bo‘lishi mumkin.

Yangi loyiha TasNet.uz deb atalib, uning yordamida AQSHning Ubiquity kompaniyasi uskunalari negizida Wi-Fi tizimini kafe, restoran va mehmonxonalarda o‘rnatish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.