Apple sentyabrda iPhoneʻning uchta yangi modelini taqdim qiladi

Apple sentyabrda iPhoneʻning uchta yangi modelini taqdim qiladi
Apple oʻz mahsulotlarining sentyabrdagi taqdimoti doirasida iPhoneʻning 3 ta yangi modelini taqdim qiladi. Bloomberg axborot agentligi manbasining maʼlum qilishicha, yangi qurilmalar dizayni iPhone X bilan oʻxshash boʻladi, biroq bir qator yangi funksiyalarga ega boʻladi, oʻlchamlari va narxi bilan farq qiladi. Barcha uch model imo-ishoralar bilan boshqarish va Face ID tizimlari bilan jihozlanadi.

Yangi modellardan biri (ishchi nomi D33) 6,5 dyuymli displeyga ega boʻladi. Qurilma ikkita kamerali oynavand orqa panel va zanglamaydigan poʻlatdan ramkaga ega boʻladi.

Yana bir model (ishchi nomi D32) 5,8 dyuymli OLED-ekran, uchinchi model (ishchi nomi N84) 6,1 dyuymli suyuq kristalli ekran bilan jihozlanadi.

Tahlilchilarning taʼkidlashicha, 6,1 dyuymli smartfonda arzonroq komponentlar, jumladan poʻlat oʻrniga alyuminiydan ishlangan ramka qoʻllanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.