“Uzonline” oʻz abonentlariga 27 tun cheksiz internet taqdim etmoqda

“Uzonline” oʻz abonentlariga 27 tun cheksiz internet taqdim etmoqda
Foto: “uztelecom.uz”
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi oʻziga xos sovgʻa tayyorladi. “Uzonline” provayderining faol abonentlari uchun yangi xizmatni ishga tushirdi.

“Night Unlim-27” deb nomlanuvchi ushbu xizmat doirasida faol abonentlar uchun 27 tun davomida 2 Mb/s tezlikda cheksiz internet va Tas-IX taqdim etiladi. Mazkur xizmat 2018 yil 27 avgustdan 22 sentyabrgacha boʻlgan muddatda, soat 00:00 dan 12:00 gacha amal qiladi.

Mazkur aksiya faqat jismoniy shaxslar uchun boʻlib, “Night Unlim-27” xizmatining barcha qoʻshimcha shartlari “Night Unlim” xizmati shartlariga muvofiq amal qiladi.

Eslatma: “Night Unlim-27” xizmatining toʻgʻri narxlanishi va internet tezligini tegishlicha oʻzgartirish uchun joriy sessiyani soat 00:00 ga yaqin toʻxtatish, yaʼni internetni uzib turish lozim. Soat 00:00 dan soʻng internetga qaytadan ulanib, foydalanishda davom etilsa, shunda xizmat toʻgʻri ishlaydi va narxlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.