"Huawei" 1 terabayt xotiraga ega quvvatlagichni taqdim etdi

\"Huawei\" kompaniyasi \"Mate 20\" seriyasidagi smartfonlar uchun noodatiy quvvatlagichni taqdim etdi. Aksessuar 1 terabayt hajmdagi flesh-xotiraga ega. Bu Xitoyda ishlab chiqarilgan smartfon foydalanuvchilarida o‘z ma’lumotlarini saqlab qo‘yish va, har ehtimolga qarshi, ularni qayta tiklash imkoni bo‘lishi uchun qilingan.
Quvvatlagich tashqi ko‘rinishidan simsizga o‘xshasa-da, aslida smartfon unga kabel bilan USB Type-C port orqali ulanadi. Ma’lumotlar foydalanuvchining xohishiga qarab – yo avtomatik tarzda, yo qo‘lda ko‘chirib o‘tkaziladi. Qurilma ma’lumotlarni ko‘chirish jarayonida smartfonni ham quvvatlantirib turaveradi.
\"Power-bank\"ning o‘lchami 136 millimetrga 29 millimetr, vazni – 270 gramm. Qurilma suv o‘tkazmaydigan mato bilan qoplangan, \"oyoqcha\"lari – silikon. Narxi hozircha ma’lum emas.
Ba’zi tahlilchilar \"Huawei\"ning bu qurilmasidan hayron – ularning fikricha, bulutli servislar ommalashib borayotgan vaqtda quvvatlagichga flesh-xotirani ham joylashtirish o‘rinsiz. Shuningdek, ushbu quvvatlagichdan faqat \"Mate 20\" seriyasi smartfonlari foydalana olishi ham unchalik to‘g‘ri emas.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Quvvatlagich tashqi ko‘rinishidan simsizga o‘xshasa-da, aslida smartfon unga kabel bilan USB Type-C port orqali ulanadi. Ma’lumotlar foydalanuvchining xohishiga qarab – yo avtomatik tarzda, yo qo‘lda ko‘chirib o‘tkaziladi. Qurilma ma’lumotlarni ko‘chirish jarayonida smartfonni ham quvvatlantirib turaveradi.
\"Power-bank\"ning o‘lchami 136 millimetrga 29 millimetr, vazni – 270 gramm. Qurilma suv o‘tkazmaydigan mato bilan qoplangan, \"oyoqcha\"lari – silikon. Narxi hozircha ma’lum emas.
Ba’zi tahlilchilar \"Huawei\"ning bu qurilmasidan hayron – ularning fikricha, bulutli servislar ommalashib borayotgan vaqtda quvvatlagichga flesh-xotirani ham joylashtirish o‘rinsiz. Shuningdek, ushbu quvvatlagichdan faqat \"Mate 20\" seriyasi smartfonlari foydalana olishi ham unchalik to‘g‘ri emas.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













