“GM Uzbekistan” 53,2 ming avtomobilini “ERA-GLONASS” tizimi bilan ta’minlaydi


2015 yil 1 yanvaridan boshlab Rossiya bozoriga import qilinadigan avtomobillarga “ERA-GLONASS” tizimining navigasion chiplari o‘rnatilishi belgilab qo‘yildi. “Uzavtosanoat” Aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmatiga asoslanib, “Podrobno.uz” nashri xabar berishicha, “GM Uzbekistan” zavodida kelgusi 3 yil davomida ishlab chiqariladigan avtomobillarning 53,2 mingtasi “ERA-GLONASS” tizimi bilan ta’minlanadi. Kompaniya bu loyiha uchun 620 ming dollar miqdoridagi mablag‘ni yo‘naltiradi.
Ma’lumot uchun, “ERA-GLONASS” Evropa va Amerika avtosanoatining ilg‘or tajribalari asosida rossiyaliklar tomonidan yaratilgan tizim bo‘lib, mashina bilan yuz bergan avtohalokatlar haqida maxsus qutqaruv xizmatlariga tezkor axborotlar jo‘natadi hamda “tez yordam” uchun voqea joyi haqida aniq ma’lum qilib, haydovchi va boshqa hodisa ishtirokchilarining hayoti saqlab qolinishi imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
Manba: Kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













