Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshi O‘zbekistonda aloqani ta’minlaydi

Qozog‘iston sun’iy yo‘ldoshi O‘zbekistonda aloqani ta’minlaydi
Qozog‘iston yangi \"KazSat-2R\" kosmik aloqa tizimi yordamida qo‘shni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondagi foydalanuvchilarga eng so‘nggi telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni maqsad qilgan.

Qozog‘iston 2011 yildan beri orbitada \"KazSat-2\" kosmik qurilmasini almashtirish uchun rejadagidek \"KazSat-2R\"ni tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligining xabar berishicha, Operatsion sun’iy yo‘ldoshning geostatsionar orbitada taxminiy faol mavjud bo‘lish muddati 2023 yilning noyabr oyiga qadar davom etadi.

\"KazSat-2R\" kosmik kema manbalari “Raqamli Qozog‘iston” davlat dasturini amalga oshirish doirasida belgilangan yo‘ldoshli aloqa kanallarini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Bu esa mamlakatning chekka qishloqlardagi, shuningdek, chegara davlatlari – Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘izistondagi foydalanuvchilarga keng ko‘lamda ko‘p tarmoqli internetga kirish, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlaydi\", – deya belgilangan qaydnomada.

Respublika kosmik aloqalar markazi 2016 yildan buyon Qozog‘iston Respublikasi Xalq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan investitsiya taklifi yuzasidan ishlab chiqarilgan loyiha ustida ishlamoqda. Ayni paytda \"KazSat-2\" kosmik kemasini rejadagidek almashtirish uchun \"KazSat-2R\" kosmik aloqa tizimini yaratish va ishga tushirish bo‘yicha texnik topshiriqlarning moliyaviy va iqtisodiy asoslari ishlab chiqilmoqda.

Bugungi kunda \"KazSat-2\" va \"KazSat-3\" milliy kosmik vositalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. 15 ta sun’iy yo‘ldosh operatorlari ularning resurslaridan foydalanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.