Samsung smartfonlardan video ko‘rish uchun vertikal televizor yaratdi (foto)

Samsung smartfonlardan video ko‘rish uchun vertikal televizor yaratdi (foto)
Foto: Samsung
Samsung mobil kontentni qulay ko‘rish uchun ekranini vertikal holatga burish mumkin bo‘lgan 43 dyuymli Sero televizorini ishlab chiqardi. Kompaniya televizor vertikal videoni ko‘rishni xush ko‘ruvchi yoshlar orasida ommalashishiga umid qilmoqda.

Televizor birinchi navbatda mobil kontentni ko‘rish uchun mo‘ljallangan. Uni NFS texnologiyasi yordamida smartfonga ulash mumkin. Televizorni qolgan vaqt odatdagidek ishlatish mumkin.
Samsung smartfonlardan video ko‘rish uchun vertikal televizor yaratdi (foto)
Foto: Samsung
Bundan tashqari, Sero’ga 60 vattli karnay va sabvuferlar o‘rnatilgan. Buning hisobiga televizorni musiqiy markaz sifatida ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Undan shuningdek raqamli fotoramka sifatida foydalanish ham mumkin. Televizorga Bixby ovozli yordamchisi o‘rnatilgan.
Samsung smartfonlardan video ko‘rish uchun vertikal televizor yaratdi (foto)
Foto: Samsung
Samsung yangi televizorni Janubiy Koreyada may oxirida 1600 ming dollar atrofida sotuvga chiqaradi. Televizorning qolgan davlatlarda sotuvga chiqarilishi borasida hozircha ma’lumot yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.