Xaridorgir «Galaxy A50» ham arzonlasha boshladi

Foto: «Deskgram»
«Samsung» kompaniyasi yangilangan «Galaxy A» turkumining ilk smartfonlarini taqdim etganidan atigi ikki oygina vaqt o‘tib, ularning «kichik» vakillari narxlari tushira boshlagan edi. Endi esa arzonlashuv yangi – «Galaxy A50» modeliga ham yetib keldi, deb xabar bermoqda «Terabayt».
Kutilganidek, bu smartfonning arzonlashuvi ham Hindiston bozoridan boshlandi. Hozirda «Galaxy A50» modelining standart – 4 GBlik tezkor va 64 GBlik ichki xotiraga ega varianti 22 dollarga arzonladi. Endi hindistonliklar uni atigi 267 AQSh dollariga teng narxda xarid qilishlari mumkin.
«Galaxy A50» smartfonining «katta», ya’ni 6/64 gigabaytlik xotira bilan ta’minlangan variantining narxi esa yaxshigina – 36 dollarga pasaydi. Ya’ni, endilikda Hindistonda uni 310 dollarga olish mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Samsung» kompaniyasi yangilangan «Galaxy A» turkumining ilk smartfonlarini taqdim etganidan atigi ikki oygina vaqt o‘tib, ularning «kichik» vakillari narxlari tushira boshlagan edi. Endi esa arzonlashuv yangi – «Galaxy A50» modeliga ham yetib keldi, deb xabar bermoqda «Terabayt».
Kutilganidek, bu smartfonning arzonlashuvi ham Hindiston bozoridan boshlandi. Hozirda «Galaxy A50» modelining standart – 4 GBlik tezkor va 64 GBlik ichki xotiraga ega varianti 22 dollarga arzonladi. Endi hindistonliklar uni atigi 267 AQSh dollariga teng narxda xarid qilishlari mumkin.
«Galaxy A50» smartfonining «katta», ya’ni 6/64 gigabaytlik xotira bilan ta’minlangan variantining narxi esa yaxshigina – 36 dollarga pasaydi. Ya’ni, endilikda Hindistonda uni 310 dollarga olish mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













