Xiaomi chivinlarga qarshi gadjetni taqdim etdi (foto)

Xiaomi chivinlarga qarshi gadjetni taqdim etdi (foto)
28 m.kv. o‘lchamdagi xona uchun bir fumigator kifoya qilsa, butun kvartiraga 3 uskunadan iborat to‘plam yetarli.

May oyida taqdimoti bo‘lib o‘tgan Xiaomi Mijia Mosquito’ning yangilangan versiyasi allaqachon AliExpress onlayn bozorida sotuvda. Uskunaning yolg‘iz o‘zi butun yozni chivinlardan xalos bo‘lgan holda o‘tkazish imkonini beradi.
Xiaomi chivinlarga qarshi gadjetni taqdim etdi (foto)
Qonso‘rarlar hasharotlarga qarshi plastina yordamida yo‘q qilinadi va uni amal qilish muddati tugagandan so‘ng mustaqil ravishda yangilash mumkin. Agar uskuna kuniga 8 soat davomida ish rejimida tursa ham plastinani almashtirishga zarurat 720 soat yoki 3 oydan so‘ng paydo bo‘ladi.
Xiaomi chivinlarga qarshi gadjetni taqdim etdi (foto)
Yangilangan uskuna 22dB shovqinga ega.
Uch uskunadan iborat to‘plam umumiy hisobda 20 dollardan sotuvga chiqarilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.