Eng kuchli Android smartfonlar o‘nligi reytingi yangilandi

Eng kuchli Android smartfonlar o‘nligi reytingi yangilandi
Dastlabki beshtalikni Xiaomi va OnePlus flagmanlari band etishgan.
AnTuTu standart benchmarki mutaxassislari dunyo bozorida sotilayotgan eng kuchli 10ta Android-smartfon ro‘yxatini e’lon qilishdi.

Reytingni o‘rtacha 371 000dan yuqori balni tashkil etgan holda OnePlus 7 Pro boshqarib bormoqda.
Eng kuchli Android smartfonlar o‘nligi reytingi yangilandi
Keyingi o‘rinda hali ham aktualligini yo‘qotmayotgan Xiaomi Mi 9 flagmani bormoqda. Uchinchi pog‘onada esa o‘yin smartfoni Black Shark 2 joylashgan. Redmi K20 Pro va OnePlus 7 mos ravishda 4 va 5 o‘rinlarda. Ularning barchasi yetakchidan bir necha ming balga ortda qolishmoqda.

Ushbu ro‘yxatning oltinchi pog‘onasida shu yilning fevralida taqdimoti bo‘lib o‘tgan Sony Xperia 1 flagmani paydo bo‘lishini noodatiy holat desa bo‘ladi. Sony\'ning yangiliklari AnTuTu reytinglarida noyob sanaladi. LG V50 ThinQ 5G haqida ham shu gapni aytish mumkin, u yettinchi qatorda joylashgan.

O‘nlikni Samsung Galaxy S10+ (Exynos 9820), Galaxy S10 5G (Exynos 9820) va Galaxy S10 (Exynos 9820) yakunlab bergan.
Eng kuchli Android smartfonlar o‘nligi reytingi yangilandi
Samsung Galaxy S10 5G va Galaxy S10+ / androidcentral.com
Uskunalar qarshisidagi ball — eng yuqori ko‘rsatkich emas, o‘rtachasi keltirilgan. Hisoblashlar har bir modelning 1 000dan ortiq qurilmasida 2019 yilning 1-30 iyun kunlarida o‘tkazilgan sinovlar natijasidir.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.