Beeline va Smile Mobile kontent-provayderi bilan birgalikda viktorina yakunlarini sarhisob qilishdi


Beeline Smile Mobile kontent-provayderi bilan birgalikda o‘tkazilgan viktorina yakunlari haqida xabar beradi. G‘oliblar iPhone 6S va boshqa qimmatbaho sovrinlarga ega bo‘ldilar.
Abduqodir Qo‘chqorov birinchi o‘rin va iPhone 6S sohibiga aylandi. Ikkinchi va uchinchi o‘rin egalari Ulug‘bek Abdumalikov va Raxima Xushvaqtovalar bo‘ldilar. Ular USB flesh to‘plagich va tashrifnoma uchun qutilarga ega bo‘dilar.
Eslatib o‘tamiz, viktorinada ishtirok etish uchun 7979 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish, “Qiziqarli” ovozli-ko‘ngil-ochar portaliga tashrif buyurib, Beeline abonentlari uchun viktorina bo‘limiga 5 raqamini bosib o‘tib, savollarga javob bera boshlash lozim edi. Viktorinaning har bir ishtirokchisiga bir kun davomida 10 savol berildi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball berildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













