“Sirli qo‘ng‘iroq” xizmati: Beeline abonentlari o‘z raqamlarini yashirib istalgan raqamga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin


Beeline “Sirli qo‘ng‘iroq” xizmati haqida xabar beradi. Kompaniya abonentlari istalgan raqamga qo‘ng‘iroq qilganda o‘z raqamlarini yashirishlari mumkin. Buning uchun chaqirilayotgan abonent raqami oldiga # belgisini qo‘yib raqamni terish lozim. Masalan: #99890XXXXXXX
Xizmat maxsus yoqish yoki abonent to‘lovini talab qilmaydi. Xizmatdan foydalanishning daqiqasi $0,06. # orqali qo‘ng‘iroq amalga oshirilganda tarifikasiya asosiy balansdan hisoblanadi. Tarif yoki aksiya bo‘yicha taqdim etilgan daqiqalar mavjud bo‘lsa, ular sarflanmaydi. Xizmat halqaro roumingda amal qilmaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













