Samsung Xitoyda smartfon ishlab chiqarishni toʻxtatdi

Samsung Xitoyda smartfon ishlab chiqarishni toʻxtatdi
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics korporatsiyasi mahalliy smartfon ishlab chiqaruvchilar bilan kuchli raqobat, Xitoy iqtisodiyotning sekinlashuvi, shuningdek, Xitoy va AQSH oʻrtasida davom etayotgan savdo urushi sababli Xitoyda oʻz smartfonlarini ishlab chiqarishni toʻxtatishga qaror qildi.

Samsung Guandun provinsiyasining Xoychjou shahrida joylashgan soʻnggi zavodida ishlab chiqarishni toʻxtatadi. Oʻtgan yili Xitoydagi boshqa zavodlari faoliyatini toʻxtatgan korporatsiya yoz oyida Xoychjoudagi zavodida ishlab chiqarish va xodimlarni qisqartirishini maʼlum qilgandi.

Counterpoint kompaniyasining maʼlumotlariga koʻra, Samsungʻning Xitoy smartfonlar bozoridagi ulushi birinchi chorakda 1 foizga tushib ketgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.