Android asoschisi televizor pultiga o‘xshash yangi smartfon namoyish etdi (video)

Android asoschisi televizor pultiga o‘xshash yangi smartfon namoyish etdi (video)
Foto: The Verge
Android yaratuvchilaridan biri va Essential kompaniyasi asoschisi Endi Rubin (Andy Rubin) o‘zining Twitter’dagi sahifasida uzunchoq ekranli smartfon namoyish etdi, deb xabar berdi Daryo.

Uning tashqi ko‘rinishi smartfondan ko‘ra ko‘proq televizor pultiga o‘xshab ketadi.
Android asoschisi televizor pultiga o‘xshash yangi smartfon namoyish etdi (video)
Foto: Twitter
Essential vakili kompaniya yangi model ustida ishlayotgani, bu dastlabki sinov bosqichida yangi qurilma ekanligini tasdiqlagan.

2017 yilning may oyida Rubin o‘zining Essential Phone rusumli ilk smartfonini taqdim qilgan edi. Ushbu smartfon romsiz ekrani va magnit yordamida gadjetga birikuvchi qator aksessuarlari bilan o‘ziga xos edi.

Suratdan ko‘rinishicha, smartfon interfeysi uzunchoq ekranga moslashgan. Smartfon korpusining o‘ng tomonida ovozni balandlatish/pastlatish hamda qurilmani o‘chirib-yoqish tugmachalari bor. Shuningdek, qurilmaning orqa paneli ham ko‘rsatilgan bo‘lib, korpus qaysi burchakdan qaralishiga ko‘ra turli tusda tovlanuvchi metarialdan ishlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.