«Microsoft» kompaniyasi 10 kundan so‘ng «Windows 7»ni qo‘llashni to‘xtatadi

Foto: «Wccftech»
«Microsoft» kompaniyasi «Windows 7» operatsion tizimini qo‘llashni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
«Windows 7» chiqqaniga 10 yil bo‘ldi, uni qo‘llash (yangilash) 2020 yilning 14 yanvaridan to‘xtatiladi», — deyiladi «Microsoft» xabarida.
Qo‘llash to‘xtatilgan operatsion tizimga viruslar yoki boshqa xavfli dasturiy ta’minotlar hujumi xavfi oshadi.
«Himoyalanishning eng yaxshi yo‘li — «Windows 10»gacha yangilanishdir, shuning barobarida kompyuteringizning o‘zini ham yangilab olganingiz ma’qul. To‘g‘ri, «Windows 10»ni eski kompyuterga o‘rnatsa ham bo‘ladi, biroq biz bunday qilishni tavsiya qilmagan bo‘lardik», — deyiladi rasmiy saytdagi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Microsoft» kompaniyasi «Windows 7» operatsion tizimini qo‘llashni to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.
«Windows 7» chiqqaniga 10 yil bo‘ldi, uni qo‘llash (yangilash) 2020 yilning 14 yanvaridan to‘xtatiladi», — deyiladi «Microsoft» xabarida.
Qo‘llash to‘xtatilgan operatsion tizimga viruslar yoki boshqa xavfli dasturiy ta’minotlar hujumi xavfi oshadi.
«Himoyalanishning eng yaxshi yo‘li — «Windows 10»gacha yangilanishdir, shuning barobarida kompyuteringizning o‘zini ham yangilab olganingiz ma’qul. To‘g‘ri, «Windows 10»ni eski kompyuterga o‘rnatsa ham bo‘ladi, biroq biz bunday qilishni tavsiya qilmagan bo‘lardik», — deyiladi rasmiy saytdagi xabarda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













