Oltita kameraga ega OnePlus smartfoni taqdim etildi (foto)

Oltita kameraga ega OnePlus smartfoni taqdim etildi (foto)
Foto: Business Insider
OnePlus kompaniyasi o‘zining yangi OnePlus Nord nomli smartfonini taqdim etdi, deb yozadi Business Insider.

Ta’kidlanishicha, OnePlus Nord 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va unga Snapdragon 765G protsessori o‘rnatilgan. Gadjet organik yorug‘lik diodli faol matritsaga ega 6,4 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Yangi modelning o‘ziga xosligi oltita kameraga egaligida.

Frontal kameralari 32 va 8 megapikselli ob’ektivlarga ega, orqa panelidan esa vertikal holatda to‘rtta kamera joylashgan. Smartfonning asosiy kamerasi 48 megapiksellni, qo‘shimcha kamera — 8 Mp, makrokamera — 2 Mp va chuqurlikni o‘lchovchi 5 megapikselli sensorni tashkil etadi.
Oltita kameraga ega OnePlus smartfoni taqdim etildi (foto)
Foto: Business Insider
Smartfon tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega, bu esa yarim soat ichida batareyaning quvvatini 70 foizga to‘ldirish imkonini beradi.
Yangi modellar ko‘k va kul rang ranglarda taqdim etilgan bo‘lib, OnePlus Nord’ning eng oddiy versiyasi narxi 399 dollardan boshlanadi.
Oltita kameraga ega OnePlus smartfoni taqdim etildi (foto)
Foto: Business Insider
Oltita kameraga ega OnePlus smartfoni taqdim etildi (foto)
Foto: Business Insider
Oltita kameraga ega OnePlus smartfoni taqdim etildi (foto)
Foto: Business Insider
Oltita kameraga ega OnePlus smartfoni taqdim etildi (foto)
Foto: Business Insider
Oltita kameraga ega OnePlus smartfoni taqdim etildi (foto)
Foto: Business Insider
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.