Samsung va Apple eng zo‘r smartfonlarining kameralari taqqoslandi (foto)

Samsung va Apple eng zo‘r smartfonlarining kameralari taqqoslandi (foto)
Zamonaviy smartfonlar, xususan, flagman modellarga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – kamerasi zo‘r bo‘lishidir. Xo‘sh, Samsung kompaniyasining eng so‘nggi va zo‘r fableti bu borada qanaqa ekan?

Phone Arena nashri mutaxassislari Galaxy Note 20 Ultra smartfonining suratga olish imkoniyatlarini kompaniyaning avvalgi flagmanlari – Galaxy S20 Ultra hamda Galaxy Note 10+ modellari, shuningdek, asosiy raqobatchining eng zo‘r smartfoni – iPhone 11 Pro Max bilan taqqoslab ko‘rdi. To‘g‘ri, buni smartfonlar kameralarining professional tavsifi deb bo‘lmaydi, lekin baribir ularni o‘zaro solishtirish uchun yaxshi imkoniyatdir.
Samsung va Apple eng zo‘r smartfonlarining kameralari taqqoslandi (foto)
Aytish kerakki, Galaxy Note 20 Ultra hamda Galaxy S20 Ultra olgan suratlar mutlaqo bir xil, ular orasida hatto mayda detallarda ham farq sezilmaydi.
Samsung va Apple eng zo‘r smartfonlarining kameralari taqqoslandi (foto)
Testlar natijasiga ko‘ra smartfonlarning suratkashlik mahoratlari quyidagicha baholangan:
- Galaxy Note 20 Ultra — 8,7 ball;
- Galaxy S20 Ultra — 8,6 ball;
- Galaxy Note 10+ — 8,3 ball;
- iPhone 11 Pro Max — 8,1 ball.
Ko‘rib turganingizdek, farqlar aytarli katta emas, lekin Apple\'ning eng qimmat smartfonida ham telefoto kamerasi raqiblarnikidan qolishadi. Ayrim sahnalarda esa hatto o‘tgan yilgi Galaxy Note 10+ barchasidan ustun kelgan.
Samsung va Apple eng zo‘r smartfonlarining kameralari taqqoslandi (foto)
Phon Arena o‘tkazgan tajriba, undagi to‘liq o‘lchamli suratlar bilan ushbu havola orqali (ingliz tilida) batafsil tanishishingiz mumkin.
Samsung va Apple eng zo‘r smartfonlarining kameralari taqqoslandi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.