Artel keksalar uchun mo‘ljallangan Z10 telefonini chiqardi

Artel keksalar uchun mo‘ljallangan Z10 telefonini chiqardi
Artel keksalar uchun mo‘ljallangan Z10 telefonini chiqardi

O‘zbekistonning Artel kompaniyasi keksa kishilarga mo‘ljallangan Artel Z10 telefonini chiqardi, deya xabar bermoqda «Mobinfo.uz». U boshqa modellardan tugmalari va ekrani hajmi kattaligi, tovushi balandligi va funksiyalari kamligi bilan ajralib turadi.

Z10 2 dyuym 370×240 pikselli QVGA-ekran, 0,3 megapikselli kamera, ichki FM radiopriyomniki, baland dinamikka ega. Akkumulyatori sig‘imi 1000 mA/s ga teng. Telefonga bir vaqtning o‘zida ikkita SIM-kartani joylash mumkin.

Poytaxt bozorlarida modelni 170 ming so‘mga, kompaniya internet-do‘konida esa 147 500 so‘mga xarid qilish mumkin.

Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.