Beeline va Lotte City Hotel Tashkent Palace 8 mart kuniga “Romantika oqshomi” tanlovini o‘tkazmoqdalar

Beeline va Lotte City Hotel Tashkent Palace 8 mart kuniga “Romantika oqshomi” tanlovini o‘tkazmoqdalar
Beeline va Lotte City Hotel Tashkent Palace 8 mart kuniga “Romantika oqshomi” tanlovini o‘tkazmoqdalar

Beeline Lotte Sity Hotel Tashkent Palace restorani bilan hamkorlikda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Beeline Uzbekistan sahifasining foydalanuvchilari uchun “Romantika oqshomi” tanlovini e’lon qildilar. Tanlov g‘olibi 8 mart bayramiga bag‘ishlagan oqshomga ikki kishilik taklifnomani, shuningdek Majestic Flower do‘konidan bayramona guldastani qo‘lga kiritadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va bayram bilan tabriklab post ostida sharh qoldirishi lozim. Oqshom dasturi haqida batafsil ma’lumot www.facebook.com/lottecityhoteltashkent sahifasida.

Tanlov 2016 yilning 4 martiga qadar (shu kun ham kiradi) o‘tkaziladi. G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti www.facebook.com/beeline.uz sahifasida 5 mart chop etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.