Bill Geyts: «Ayfon»nimas, androidni tanlayman»

Bill Geyts: «Ayfon»nimas, androidni tanlayman»
Foto: «Inc. Russia»
«Microsoft» asoschisi Bill Geyts nega «iPhone»dan emas, balki android-smartfonlardan ko‘proq foydalanishi sababini tushuntirdi.

Geytsning ta’kidlashicha, «Google» platformasiga qurilgan smartfonlar anchayin qulay. Masalan, iOSdan farqli o‘laroq, Android ekotizimida dasturiy ta’minot/operativ tizim munosabatlari ancha universal, ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etadi.

«Oxir-oqibat, bu aynan menbop tizim», — deya so‘zlarini izohladi Bill Geyts «CNBC» va «The New York Times» jurnalisti Endryu Ross Sorkin bilan «Clubhouse» orqali bo‘lgan suhbatda.

Geyts ba’zida «ayfon»dan ham foydalanib turishini inkor etmadi — bu shunchaki IT-bozorning so‘nggi tendensiyalaridan boxabar bo‘lib turish uchun. Shunisi ham borki, Bill Geyts intervyuni «Apple» smartfoni orqali berdi, chunki androidlar uchun «Clubhouse» hali chiqmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.