Beeline “Donor kuni” aksiyasini o‘tkazdi

Beeline “Donor kuni” aksiyasini o‘tkazdi
Beeline “Donor kuni” aksiyasini o‘tkazdi

Beeline “Donor kuni” aksiyasini o‘tkazdi. Bir kun ichida kompaniya xodimlari o‘nlab qon va uning tarkibiy qismlari dozalarini topshirdilar. Topshirilgan qon maxsus laboratoriyalarda 9 turli analiz turidan o‘tadi va barcha qoidalarga javob berganlari keyinchalik foydalanish uchun kasalxonalar, tug‘ruqxonalar va klinikalarga berib yuboriladi. Tadbir Respublika Qon quyish Markazi bilan birgalikda tashkil etildi.

Halqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti statistikasiga ko‘ra, dunyodagi har uchinchi inson hayotida bir marotaba bo‘lsa ham donor qoniga muhtoj bo‘ladi. Mamlakatning xavfsiz qonga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini qondirish uchun kamida 1% aholi qon topshirishining o‘zi kifoya.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.