Shahar sharoiti uchun mo‘ljallangan haydovchisiz boshqariluvchi platformalar (foto)

Shahar sharoiti uchun mo‘ljallangan haydovchisiz boshqariluvchi platformalar (foto)
Foto: Twitter / CARmagazine
Fransiyaning Citroen brendi Accor va JCDecaux kompaniyalari bilan hamkorlikda shahar ichida harakatlanishi mumkin bo‘lgan haydovchisiz boshqariluvchi yangi transport konsepsiyasini taqdim etdi. Citroen Autonomous Mobility Vision nomini olgan transport vositasi asosini elektr platforma tashkil etib, unga turli tipdagi modullarni osonlik bilan o‘rnatish mumkin, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, Citroen Skate platformasi burilmasdan turib, turli yo‘nalishlarda harakatlanishga qodir, bunga birinchi bor 2016 yilgi Jeneva avtosalonida taqdim etilgan Goodyear Eagle 360 sferik shinalari konseptining takomillashtirilishi hisobiga erishilgan.

O‘lchami 2600x1600x510 millimetr bo‘lgan haydovchisiz boshqariladigan mashina elektromotor va beshinchi darajali avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u maxsus ajratilgan yo‘lak bo‘ylab soatiga 25 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
Shahar sharoiti uchun mo‘ljallangan haydovchisiz boshqariluvchi platformalar (foto)
Foto: Twitter / CARmagazine
Ayni vaqtida Citroen Skate modul o‘rnatish mumkin bo‘lgan uchta variantni tayyorlagan.

Birinchisi Sofitel En Voyage Pod nomini olgan bo‘lib, u mashhur Sofitel mehmonxonalar tarmog‘i sharafiga nomlangan va u chamadonlari bor ikki—uch kishining harakatlanishi uchun mo‘ljallangan. Transport hashamatli salonga, ichimlik va gazaklarga ega barga, akustik tizim, gadjetlarni simsiz quvvatlantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Shahar sharoiti uchun mo‘ljallangan haydovchisiz boshqariluvchi platformalar (foto)
Foto: Twitter / CARmagazine
Ikkinchi modul Pullman Power Fitness Pod — harakat vaqtida sport bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan bir o‘rindiqli shattl: buning uchun unda «raqamli trener» va trenajyorlar mavjud bo‘lib, uning ishlashi orqali yo‘lovchi batareyalarni quvvatlantiradi.
Shahar sharoiti uchun mo‘ljallangan haydovchisiz boshqariluvchi platformalar (foto)
Foto: Twitter / CARmagazine
Shahar sharoiti uchun mo‘ljallangan haydovchisiz boshqariluvchi platformalar (foto)
Foto: Twitter / CARmagazine
JCDecaux City Provider nomli uchinchi modul shahar taksisining muqobili hisoblanadi. Unda besh kishi bo‘lib harakatlanish mumkin, nogironlar aravachasining tushib-chiqishi uchun qulayliklar bor. Salonida madaniy va turistik ob’ektlarga safarlar uyushtirishni rejalashtirish uchun bir juft interfaol ekran, USB-quvvatlantirgichlar o‘rnatilgan.
Shahar sharoiti uchun mo‘ljallangan haydovchisiz boshqariluvchi platformalar (foto)
Foto: Twitter / CARmagazine
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.