O‘zbekistonda ichimlik suvini zararsizlantiruvchi portativ qurilma ixtiro qilindi

Foto: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tomonidan ichimlik suvini zararsizlantirish uchun portativ qurilma yaratildi.
Ushbu qurilma ichimlik suvi manbasining ifloslanish xavfi mavjud bo‘lgan sharoitlarda — dalada, lagerda, turli xizmat safarlarida ichimlik suvini zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan.
Qurilmaning ishlashi metall ionlarining suvga elektrolizi ta’siriga asoslangan bo‘lib, ular keng ko‘lamli patogen mikroorganizmlarni (jumladan, dizenteriya, vabo, tif va boshqalar patogenlarini) yo‘q qiladi.

Foto: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
«Qurilmaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ichimlik suvi standartlariga javob beradigan metallarning past konsentratsiyasida kengroq bakteriyalarga qarshi yuqori biotsid faollikni ta’minlaydigan o‘ziga xos tri-metall qotishmasidan foydalanishdir. Tozalangan suv 12 oy davomida iste’mol qilish uchun xavfsizdir», — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tomonidan ichimlik suvini zararsizlantirish uchun portativ qurilma yaratildi.
Ushbu qurilma ichimlik suvi manbasining ifloslanish xavfi mavjud bo‘lgan sharoitlarda — dalada, lagerda, turli xizmat safarlarida ichimlik suvini zararsizlantirish uchun mo‘ljallangan.
Qurilmaning ishlashi metall ionlarining suvga elektrolizi ta’siriga asoslangan bo‘lib, ular keng ko‘lamli patogen mikroorganizmlarni (jumladan, dizenteriya, vabo, tif va boshqalar patogenlarini) yo‘q qiladi.

Foto: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi
«Qurilmaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ichimlik suvi standartlariga javob beradigan metallarning past konsentratsiyasida kengroq bakteriyalarga qarshi yuqori biotsid faollikni ta’minlaydigan o‘ziga xos tri-metall qotishmasidan foydalanishdir. Tozalangan suv 12 oy davomida iste’mol qilish uchun xavfsizdir», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













