Telegram’da boshqa ilovalar bilan jonli efir, yangi menyu va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi

Telegram’da boshqa ilovalar bilan jonli efir, yangi menyu va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
Telegram jamoasi ilovaning yangi versiyasini taqdim qildi.

Yuklanmalar hajmi oshdi
Endi foydalanuvchilar 2 Gb gacha bo‘lgan istalgan faylni yuborishi va ularga istalgan qurilmadan kirishi mumkin. Fayllar yuklab olinayotganida qidiruv panelida yangi belgi paydo bo‘ladi.
Telegram’da boshqa ilovalar bilan jonli efir, yangi menyu va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
Foto: Telegram
Yangi menyu
iOS ilovasida biriktirmalar menyusi dizayni Android ilovasiga yetib olishi uchun to‘liq yangilandi.

Kamera funksiyasi endi galereyaga integratsiya qilindi va yangi navigatsiya menyusi rasmlar, fayllar, joylashuv axborotini ulashish va boshqalarga tezkor kirish imkonini beradi.

Yangilangan fayllar rukni oxirgi yuborilgan fayllarni ko‘rsatadi va ularni nomi asosida qidirish imkonini beradi.

Android uchun yangi interfeys
Telegram’da boshqa ilovalar bilan jonli efir, yangi menyu va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
Foto: Telegram
Endi tungi rejimda chat tarixini varaqlayotganingizda fon, stikerlar va media yarim shaffof interfeys elementlari orqali nur taratadi. Bu yangilanish vizual texnologiyalarni boshqa platformalardan Android ilovasiga olib keladi.

iOS foydalanuvchilari 2021 yil, iyun oyidan buyon yarim shaffof interfeys elementlaridan foydalanib kelmoqda.

Android va MacOS ilovalarida hisobga kirish usuli ravon yangi animatsiyalar bilan yangilandi va to‘ldirildi. Android ilovasida login kodingizdagi raqamlar joyiga siljish ham qo‘shilgan.
Telegram’da boshqa ilovalar bilan jonli efir, yangi menyu va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
Foto: Telegram
Telefon raqami havolalari
Istalgan kishi sozlamalar sahifasidan unikal @foydalanuvchi nomini yaratishi mumkin. Bu boshqalarga telefon raqamingizni bermasdan qidiruv orqali yoki t.me/username ko‘rinishida bog‘lanish imkonini beradi.

Bu yangilanish darhol foydalanuvchi bilan chatni ochadigan boshqa platforma uchun ham bevosita telefon raqamingiz havolasini ulashish imkonini beradi.

Telefon raqamini xalqaro formatda yozish kerak. Masalan, t.me/+998921234567

Boshqa ilovalar bilan jonli efir
Telegram’da boshqa ilovalar bilan jonli efir, yangi menyu va boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi
Foto: Telegram
Endi guruh va kanallar cheksiz tomoshabinlar bilan jonli efirlarni amalga oshirishi mumkin. Professional blogerlar va jurnalistlar obunachilari bilan bog‘lanish uchun Telegram jonli efirlaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda.

Bu yangilanishda bir nechta ekran orasida almashish, tasvir ustiga foydali axborot qo‘shish, ekrandan foydalanish uchun OBS Studio va XSplit Broadcaster kabi striming vositalaridan jonli efir qilishingiz mumkin.

- Telegram’ning ko‘p millatli jamoasi tarkibida Ukrainadan ko‘plab a’zolar bor. Biz Ukrainadagi mojaro tezroq tugatilishini tilaymiz, — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.