Xitoydagi 4G mobil aloqasi abonentlari 100 mln kishidan oshdi

Xitoydagi 4G mobil aloqasi abonentlari 100 mln kishidan oshdi
Xitoydagi 4G mobil aloqasi abonentlari 100 mln kishidan oshdi

2015 yil yanvar oxiri holatiga Xitoydagi 4G mobil aloqasi abonentlari soni 100 milliondan oshdi, deya xabar bermoqda «Sinxua» agentligi mamlakatdagi 4G mobil aloqasi bo‘yicha asosiy operatorlardan biri China Mobile’ga tayanib.

Xabarlarga ko‘ra, yanvar oxirigacha China Mobile 700 mingdan ortiq 4G baza stansiyalarini qurib bo‘lgan. 4G mobil aloqasi tarmog‘i 1 milliarddan oshiq kishini qamrab olgan. Kompaniya 2015 yilda 4G baza stansiyalari sonini 1 milliontagacha, ushbu avlod mobil aloqasi foydalanuvchilari miqdorini esa 250 million kishiga etkazmoqchi.

Manba: www.daryo.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.