Ichaklar mikroflorasini yaxshilaydigan mahsulotlar

Ichaklar mikroflorasini yaxshilaydigan mahsulotlar
Parhezshunos-shifokor Mixail Ginzburg \"Rossiya-1\" telekanali efirida ichaklar mikroflorasini yaxshilaydigan mahsulotlarni aytdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ichaklar tozalanishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish muhim, eng foydali mahsulotlardan biri - bu qora olxo‘ri.

\"Uning tarkibida juda ko‘p miqdordagi oziq-ovqat tolasi bor ... U shuningdek shish paydo bo‘lishini oldini oladi ... kuniga 100-150 gramm yeyish mumkin. Unda shakar juda ko‘p va albatta, me’yoridan ortiq qora olxo‘ri iste’mol qilmaslik kerak\", - deydi doktor.

Bundan tashqari, mutaxassis oziq-ovqat tolasiga boy bo‘lgan suli yormasidan tayyorlanadigan bo‘tqa ichaklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

\"Suli juda mazali va foydali. U qonning lipid tarkibini yaxshilaydi. Bu sog‘lom ovqatlanish, kuniga bir porsiya yeyishni maslahat beraman\", - deydi Ginsburg.

Shuningdek, mutaxassis lavlagini ham foydali oziq-ovqat ro‘yxatiga kiritdi. \"Oziq-ovqat tolasi va pektinlar. Lavlagi organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi, qon bosimini yaxshilaydi va qon tomirlarini elastik qiladi\", - dedi u.

Shifokor lavlagi sharbatini ichishni maslahat berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.