Kuniga atigi bir bo‘lak pishloq iste’mol qilish insult xavfini kamaytiradi

Kuniga atigi bir bo‘lak pishloq iste’mol qilish insult xavfini kamaytiradi
Foto: «Noviy ochag»
Har kuni kichik bir bo‘lak pishloq iste’mol qilish insult va yurak kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Yog‘ miqdori yuqori bo‘lishiga qaramay, bu mahsulot yurak va qon tomirlarining holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi — bu Suchjou universiteti (Xitoy) tadqiqotchilarining xulosasi, deb yozadi «Noviy ochag».

Ular tomonidan olib borilgan meta-tadqiqotda 200 ming nafar inson sog‘lig‘iga ratsionning ta’sirini kuzatgan amerikalik va yevropalik olimlarning 15 ta izlanish natijalari tahlil qilindi.
Kuniga atigi bir bo‘lak pishloq iste’mol qilish insult xavfini kamaytiradi
Foto: «Noviy ochag»
Xususan, har kuni (taxminan gugurt qutisi kattaligida) bir bo‘lak pishloq iste’mol qilgan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli 14 foizga, insultga chalinish ehtimoli esa 10 foizga kamligi aniqlandi.
Kuniga atigi bir bo‘lak pishloq iste’mol qilish insult xavfini kamaytiradi
Foto: «Noviy ochag»
Xitoylik tadqiqotchilar pishloqning sog‘lom sutkalik miqdori taxminan 40 gramm ekanini ma’lum qildi. Ularning fikriga ko‘ra, pishloq foydali xolesterin miqdorini oshiradi va yomon xolesterin darajasini pasaytiradi. Bundan tashqari, kalsiyga boy bo‘lgan pishloq to‘yingan yog‘larni yaxshiroq singdirishga yordam beradi va shirdon kislotalari tomirlarning tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.