Shifokor ayrimlarni qahva ichishdan tiyilishga chaqirdi

Shifokor ayrimlarni qahva ichishdan tiyilishga chaqirdi
Rossiyalik endokrinolog va diyetolog Oksana Mixaleva Praym agentligi bilan suhbatda ba’zi odamlar qahva ichmasliklari kerakligini aytdi.

Kofe bolalar, homilador va emizikli ayollar, aritmiya va qon bosimi yuqori bo‘lgan odamlar uchun zararli, chunki bu ichimlik yurak tezligiga ta’sir qiladi, deydi shifokor.

Bundan tashqari, qahva ba’zi kasalliklarni davolash uchun dori-darmonlarni so‘rilishiga xalaqit beradi. Xususan, diabet bunga misol bo‘la oladi.

Endokrinologning qo‘shimcha qilishicha, kattalar uchun chegara miqdori kuniga ikki-uch chashka qahva hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.