Manikyur ustalari Rossiyada rekord darajada pul topmoqda!

2025 yilning birinchi yarim yilligida Rossiyada nogt servisi ustalari (manikyur ustalari)ning o‘rtacha oylik ish haqi 50% ga oshib, 130 ming rublga yetdi. Bu haqda Pravilamag xabar berdi.
Manikyur ustalari – go‘zallik industriyasida eng yuqori ish haqi o‘sishini qayd etgan guruh.
⟶ Ularning o‘rtacha daromadi: 130 000 rubl (1.7 ming dollar atrofida);
⟶ Bu 2024 yilga nisbatan 50% ko‘p.
Boshqa go‘zallik mutaxassislarining o‘rtacha ish haqi – 72 000 rubl
⟶ O‘sish darajasi – 15%.
Barberlar (erkaklar sartaroshlari)
⟶ O‘rtacha oylik: 133 300 rubl;
⟶ O‘sish: 25% dan ziyod.
Kosmetologlar
⟶ Oylik: 84 700 rubl;
⟶ O‘sish: 22%.
Vizajistlar (grim ustalari)
⟶ Oylik: 81 900 rubl;
⟶ O‘sish: 21%.
Massajchilar
⟶ Oylik: 70 400 rubl;
⟶ O‘sish: 19%.
Nima uchun ish haqlari oshib bormoqda?
«Avito Rabota» vakillari aytishicha, bu trendga bir nechta omillar ta’sir qilmoqda:
-
Aholining go‘zallik xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji ortayotgani;
-
Kadrlar yetishmovchiligi – malakali mutaxassislar kam;
-
Salonlar tarmoqlarining kengayishi.
Bu tendensiyalar O‘zbekistondagi go‘zallik sohasi mutaxassislari uchun ham o‘rnak bo‘lishi mumkin. Umumiy hisobda, Rossiyada go‘zallik industriyasi har tomonlama rivojlanmoqda va bu sohaga qiziqish va investitsiya ortib bormoqda.











