Insult asoratlari va tushkunlikdan halos etuvchi vosita aniqlandi

Insult asoratlari va tushkunlikdan halos etuvchi vosita aniqlandi
Kingston universiteti olimlari ginkgo biloba darahti asosida yaratilgan preparatlar bosh og’riqlarini yengillashtirish, tushkunlikdan halos bo’lish, miya hujayralarining halok bo’lishiga to’sqinlik qilish va qon aylanishini yaxshilash xususiyatiga ega ekanligini aniqladilar.

Vosita insultdan so’ng bor-yo’g’i 12 hafta davomida diqqatni yaxshilab, reflekslar va til ko’nikmalarini qayta tiklashda ko’mak beradi. Bundan tashqari, mazkur vositaning narhi boshqa preparatlarga nisbatan hamyonbopdir.

Nankin universiteti tadqiqotchilari va amerikalik shifokorlar preparatni ishemiya insultini boshdan kechirgan 330 nafar bemorda sinab ko’rgancha, oradan 12, 30, 90 va 180 kun o’tib bemorlarda motorika, hotira, refleks va so’zlash nutqiga oid ijobiy o’zgarishlar bo’lganini qayd etdilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ойдиной
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.