Qon bosimining kushandasi aniqlandi

Qon bosimining kushandasi aniqlandi
Keln universiteti klinikasi mutaxassislari gipertoniyaga qarshi kurasha oluvchi ichimlik turini aniqlashdi. Bu ichimlik kakao ekan. Kakao tarkibida mavjud flavonoidlar qon bosimini me’yoriy holatga keltirib, organzimni nokerak moddalardan tozalarkan. U qon tomirlar holatini yaxshilab, yurak xastaliklarini davolashda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yurakni xavotirli, hayajonli lahzalardan himoya qiladi.

Olimlarning aytishicha, kakao tarkibida yana protsianidlar mavjud. Ular aslida choy tarkibida ham yo‘q emas. Faqat kakao tarkibidagi protsianidlar choydagiga nisbatan ikki hissa faolroq. Agar bu ichimlik me’yoriy miqdorda doimiy tarzda ichilsa, gipertoniyani davolashda doridan ham ko‘proq foyda bera oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.